Sizni Kubletga taklif qildiSizni Kubletga taklif qilishdi
Biznesingiz uchun tizim —
bir suhbatda
Birinchi kuni tizimni birga quramiz — bepul.Taklif kodingiz tayyor: roʻyxatdan oʻtishda kiritish shart emas.
Tizim ichida
Birinchi kundanoq hammasi joyida
- 1
Biznesingizni yozasiz
Oddiy soʻzlar bilan: nima sotasiz, kim qarzga oladi, kim ishlaydi.
- 2
Kublet AI tizim quradi
Boʻlimlar, hisob-kitob va hisobotlar bir necha daqiqada tayyor.
- 3
Telefoningizda ishlatasiz
Savdo oʻzi hisoblanadi, qarzdorga eslatma oʻzi boradi.
Istalgan tizimni quring
Biznesingizni oddiy soʻzlar bilan aytib bering. Kublet AI butun tizimni quradi: boʻlimlar, xodimlar, hisobotlar. Har bir narsani soʻrab oʻzgartirasiz.

Dashboardlarnamunaviy maʼlumotlar
Bugun qanday
Daftar va Excel oʻrniga — bitta tizim
Kublet hammasini bir joyga yigʻadi va oʻzi hisoblaydi.
Ulanishlar
Uskunalaringiz bilan bir necha daqiqada ulanadi
- Davomat
Yuz orqali davomat
Xodim terminalga qaraydi — kelgan-ketgan vaqti oʻzi yoziladi.
Xodim terminalga qaraydi — kelgan va ketgan vaqti tizimga oʻzi yoziladi. Kechikkanlar darhol koʻrinadi.
- Kuzatuv
kameralar va videoregistratorlar
Kameralar va AI
Jonli koʻrasiz; AI mijozlarni sanaydi va kerak boʻlsa xabar beradi.
Kameralaringizni istalgan joydan, Kubletning oʻzida jonli koʻrasiz. AI kun davomida kelgan mijozlarni sanaydi, xodimlar kelganini belgilaydi, joy boʻsh qolsa yoki ish vaqtidan keyin kimdir boʻlsa, Telegramga xabar beradi.
- Kassa
XPRINTER
Chek printerlari
Sotuv saqlanishi bilan chek oʻzi chiqadi.
Sotuv saqlanishi bilan chek oʻzi chiqadi — 80 va 58 mm, dialog oynasisiz.
- Hujjat va yorliq
va istalgan Windows printeri
Hujjat va yorliq printerlari
A4 hisob-faktura va shtrix-kodli yorliq — bir tugma bilan.
Hisob-faktura va hujjatlar A4 da, mahsulotlarga shtrix-kodli yorliq — bir tugma bilan.
ExcelBir daqiqada koʻchadiJadvalingiz bir daqiqada koʻchadi
TelegramXabar va eslatmalarXabar va eslatmalar
ClaudeClaudeʼdan boshqaringOʻz Claudeʼingizdan boshqaring
WhatsAppMijozlarga eslatmaMijozlarga xabar va eslatmalar
InstagramJavob va postlarXabarlarga javob va yangi postlar
GmailMijozlarga xatOʻz manzilingizdan mijozlarga xat
Google CalendarUchrashuv, muddatlarUchrashuv va muddatlar
Google SheetsYozuvlar jadvalgaHar yangi yozuv — jadvalingizda qator
Google DriveHujjatlar saqlanadiHujjatlar Driveʼingizga saqlanadi
StripeChet elga hisob-fakturaChet elga hisob-fakturalar
1CTez orada
PaymeTez oradaClickTez orada
Uzum MarketTez orada
DidoxTez orada
Hikvision, Epson, Xprinter, Zebra, Excel, Telegram, Claude, WhatsApp, Instagram, Gmail, Google Calendar, Google Sheets, Google Drive, Stripe, 1C, Payme, Click, Uzum va Didox — oʻz egalarining savdo belgilari. Kublet ularning mahsulotlari bilan ishlaydi, lekin ular bilan bogʻliq emas.
Qanday ishlaydi
Uch qadam — va tizim ishlayapti
- 1
«Qurilish mollari sotamiz, mijozlar qarzga oladi, ikkita sotuvchim bor»
Biznesingizni aytasiz
Oddiy soʻzlar bilan: nima sotasiz, mijozlar qanday toʻlaydi, nechta xodimingiz bor. Shuning oʻzi yetarli.
- 2MijozlarSotuvlarQarzdorlar+ Yetkazib beruvchilar
Tizimni koʻrib, tasdiqlaysiz
Kublet boʻlimlarni taklif qiladi. Nomlarni oʻzgartirasiz, keragini qoʻshasiz — hech narsa siz roziliksiz oʻzgarmaydi.
- 3
Taklif havolasi tayyor
aziz-savdo.kublet.app
Xodimlarni taklif qilasiz
Havolani Telegramda yuborasiz — xodim telefonda ism va parol bilan kiradi va darhol ishlaydi.
Kublet AI
Tizimni siz tasvirlaysiz — Kublet AI quradi
Doʻkon, klinika, ustaxona yoki oʻquv markazi — qanday ishlashingizni yozing, AI aynan sizga kerakli tizimni quradi.
Savdo va mijozlar
Sotuv ham shu yerda yuradi
Mijozlaringiz Telegramda buyurtma beradi, kerakli xabar oʻz vaqtida oʻzi boradi, har bir buyurtma qayerdaligi koʻrinib turadi.
- 1
Mijozlar Telegramda buyurtma beradi
- 2
Har bir buyurtma koʻz oldingizda
- 3
Hech bir mijoz unutilmaydi
- 4
Bitta xabar — barcha mijozlarga
Xavfsizlik va ishonchlilik
Maʼlumotlaringiz — Oʻzbekistonda va himoyada
Hisobingiz — biznesingizning yuragi. Shuning uchun u doim ishlaydi, doim himoyalangan va faqat sizniki.
99,9%
Tizim yil davomida toʻxtovsiz ishlaydi — kechasi ham, bayramda ham.
Oʻzbekistonda
Maʼlumotlar Oʻzbekistondagi serverlarda saqlanadi — «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq.
Oflayn
Internet uzilsa ham ishlayverasiz: yozuvlar saqlanib turadi va internet qaytganda oʻzi yuboriladi.
Hammasi shifrlangan
Telefon, kompyuter va server orasidagi har bir ulanish shifrlangan.
Har bir biznes — alohida
Bir biznes maʼlumotini boshqasi hech qachon koʻra olmaydi: bu maʼlumotlar bazasining oʻzida taʼqiqlangan.
Kim nimani koʻradi
Sotuvchi tannarxni koʻrmaydi, omborchi narxlarni koʻrmaydi — har kim faqat oʻz ishini.
Hamma oʻzgarish tarixda
Kim, qachon va nimani oʻzgartirgani yozib boriladi. Oʻchirilgan narsa 30 kun ichida qaytadi.
Har kuni zaxira nusxa
Maʼlumotlaringiz har kecha zaxiralanadi va 30 kun saqlanadi.
Kirish himoyalangan
Parolni taxmin qilishga urinishlar bloklanadi, har bir kirish faqat oʻz manzilida ishlaydi.
Mustaqil tekshiruvlar natijasi — oʻzingiz ham tekshirib koʻrishingiz mumkin.
Narxlar
Bepul quring — keyin tarifni tanlang
Butun biznes uchun bitta narx. Xodim boshiga emas.
Start
Endi boshlayotgan biznes uchun
199 000soʻm / oy
249 0001 yilga 2 388 000 soʻm600 000 soʻm tejaysiz
Oyiga 400 AI kredit
Taklif kodini olishRoʻyxatdan oʻtishIchida:
- 5 tagacha xodim
- Sizga kerakli istalgan boʻlimlar
- Kublet AI: javoblar, hisobotlar va oʻzgarishlar
- Excelʼdan koʻchirish
- Telegram xabarlari va chop etish
Biznes
Tavsiya etamizOʻsayotgan jamoa uchun
392 000soʻm / oy
490 0001 yilga 4 704 000 soʻm1 176 000 soʻm tejaysiz
Oyiga 1 000 AI kredit
Taklif kodini olishRoʻyxatdan oʻtishStartdagi hammasi, va:
- 15 tagacha xodim
- 2 ta tizim
- Avtomatlar — ish oʻzi yuradi
- Ulangan ilovalar: WhatsApp, Gmail, Google, Stripe
- Chek va yorliq printerlari
- Claude obunangizdan boshqarish
- Kublet jamoasi sozlashda yordam beradi
Pro
Filiallar va ishlab chiqarish uchun
792 000soʻm / oy
990 0001 yilga 9 504 000 soʻm2 376 000 soʻm tejaysiz
Oyiga 2 400 AI kredit
Taklif kodini olishRoʻyxatdan oʻtishBiznesdagi hammasi, va:
- Xodimlar soni cheklanmagan
- 4 ta tizim (keyingisi +149 000 soʻm)
- Yuz orqali davomat
- Kublet Connect: kameralar va ofis uskunalari
- 1 soat ichida ustuvor yordam
- Kublet jamoasi sozlashda yordam beradi
- Birinchi tizimni bepul quring
- Istalgan payt bekor qilish mumkin
AI kredit: savol — 1, hisobot — 2–4, oʻzgartirish — 1–5. Birinchi tizimni qurish bepul.
Koʻproq kredit kerakmi? 250 talik toʻplam — 99 000 soʻm. 4 tadan koʻp tizim kerakmi? Bizga yozing.
Hamkorlik dasturi
Biznes olib keling — uning har bir toʻlovidan 20% umrbod sizniki.
Tayyor qilib beramiz
Tizimni birga quramiz, Excelʼni koʻchiramiz va xodimlarni oʻrgatamiz.
Yillik Biznes va Pro tariflariga kiradi
Sizni Kubletga taklif qildiSizni Kubletga taklif qilishdi
Siz taklif qilingansiz
Ariza qoldirish shart emas — taklif kodingiz tayyor. Roʻyxatdan oʻting va biznesingizni 2–3 gapda tasvirlang.
Taklif orqali
Taklif kodini oling
Kublet hozircha faqat taklif orqali ochiladi: har bir biznesni oʻzimiz koʻrib chiqamiz va birinchi tizimni siz bilan birga quramiz.
Keyin nima boʻladi
- 1
Ariza qoldirasiz
Ikki daqiqa: biznesingiz va telefon raqamingiz.
- 2
Arizani koʻrib chiqamiz
Soʻng taklif kodini emailingizga yuboramiz. Email qoldirmagan boʻlsangiz, qoʻngʻiroq qilamiz.
- 3
Tizimni bepul qurasiz
Biznesingizni yozasiz — tizim quriladi. Excel maʼlumotlaringizni ham koʻchiramiz.
- 4
Tarif tanlaysiz
Yoqsa, oyma-oy yoki bir yilga toʻlaysiz va ishlatishda davom etasiz.
Taklif kodi soʻrash
Savollar
Koʻp soʻraladigan savollar
Qancha turadi?
Tariflar oyiga 249 000 soʻmdan; bir yilga toʻlasangiz 20% arzon. Tizimni qurish bepul — taklif kodi bilan. Batafsil «Narxlar» boʻlimida.
Maʼlumotlarim qayerda saqlanadi?
Oʻzbekistondagi serverlarda, «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq; har kuni zaxira nusxasi olinadi. Maʼlumotlaringiz sizniki: istagan vaqtda yuklab olasiz yoki oʻchirishni soʻraysiz.
Exceldagi maʼlumotlarimni koʻchira olasizmi?
Ha. Pilotning birinchi kuni mijozlar, mahsulotlar va qoldiqlarni siz bilan birga koʻchiramiz.
Xodimlarim kompyuterda ishlamaydi-ku?
Kerak emas. Havola yuborasiz, ular telefonda ism va parol bilan kiradi va oʻsha yerda ishlaydi. Arzon Android telefon ham yetadi.
Internet uzilsa nima boʻladi?
Ishlayverasiz: yozuvlar telefon yoki kompyuteringizda saqlanib turadi va internet qaytganda oʻzi yuboriladi. Davomat terminallari ham internetsiz ishlaydi.
Maʼlumotlar bilan qanday ishlashimiz haqida: maxfiylik siyosati
Biznesingizni ayting — qolganini Kublet quradi
Taklif kodini soʻrang — arizangizni koʻrib chiqamiz va tizimingizni birga ishga tushiramiz.Taklif kodingiz tayyor — roʻyxatdan oʻting va tizimingizni ishga tushiring.
Taklif kodini olishRoʻyxatdan oʻtish


