kublet

Hamkorlik dasturi

Biznesni olib keling — umrbod daromad oling

Siz olib kelgan biznes Kubletga toʻlagan har bir toʻlovdan 20% sizniki. U Kubletda ishlar ekan — har oy.

20%

har bir toʻlovdan — umrbod

Masalan: Biznes rejasidagi 10 ta biznes — oyiga 980 000 soʻm, har oy.

Qanday ishlaydi

  1. 1

    Ariza qoldirasiz

    Bir ish kuni ichida qoʻngʻiroq qilamiz va shaxsiy taklif kodlaringizni beramiz.

  2. 2

    Biznesni tanishtirasiz

    Biznes sizning kodingiz bilan tizimini quradi. Birinchi kuni uni biz bilan birga ishga tushiradi.

  3. 3

    Har oy ulush olasiz

    Biznes Kubletga toʻlagan har bir toʻlovdan 20% — u toʻlashda davom etar ekan.

Qancha ishlashingiz mumkin

Qaysi rejada

Sizning ulushingiz — oyiga

980 000 soʻm

Yiliga

11 760 000 soʻm

Oylik narx boʻyicha hisoblangan. Biznes 3 oy yoki 1 yilga oldindan toʻlasa, ulush toʻlangan summadan hisoblanadi.

Kimlar uchun

  • Kamera va Face ID oʻrnatuvchilar

    Hikvision terminallarini oʻrnatasizmi? Kublet ularni davomat tizimiga aylantiradi — hech narsa oʻrnatmasdan.

  • Buxgalterlar

    Mijozlaringiz hisobni daftar va Excelda yuritsa, Kublet uni tartibga soladi — sizning ishingiz ham osonlashadi.

  • 1C va dastur sotuvchilar

    1C ogʻirlik qiladigan mijozlar uchun: kassa, ombor va qarzlar telefonda.

  • Kassa va printer doʻkonlari

    Kublet siz sotgan printerlarda chek va yorliq chiqaradi.

Sizga nima beramiz

  • Shaxsiy taklif kodlari — kim kimni olib kelgani aniq koʻrinadi
  • Namoyish uchun tayyor tizim — telefoningizda
  • Mijozingiz bilan birinchi kuni birga ishlaymiz
  • Hamkorlik shartnomasi — ulush va toʻlov tartibi yozma

Savollar

«Umrbod» degani nima?

Siz olib kelgan biznes Kubletga toʻlashda davom etar ekan, uning har bir toʻlovidan 20% sizga tushadi. Muddat cheklanmagan.

Ulush qachon toʻlanadi?

Har oy, biznesning toʻlovi bizga tushgandan keyin — kartangizga yoki hisob raqamingizga.

Biznes 1 yilga oldindan toʻlasa-chi?

Ulushingiz toʻlangan butun summadan hisoblanadi va toʻlov tushgan oyda beriladi.

Hamkor boʻlish pullikmi?

Yoʻq. Hech narsa toʻlamaysiz va oʻzingiz Kubletdan foydalanishingiz shart emas.

Shartnoma boʻladimi?

Ha. Hamkorlik shartnomasini imzolaymiz: ulush, toʻlov tartibi va muddat unda yozilgan boʻladi.

Hamkor boʻling

Ikki daqiqa: siz haqingizda va qanday bizneslar bilan ishlashingiz haqida. Bir ish kuni ichida qoʻngʻiroq qilamiz.

Shu raqamga qoʻngʻiroq qilamiz.

Masalan: «Toshkentda doʻkon va omborlarga kamera oʻrnataman, oyiga 15–20 ta mijoz».

Yozma javob kerak boʻlsa.

Maʼlumotlaringizni faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatamiz.